Müsi̇ad O‘zbekiston Vakolatxonasi Turkiya Va O‘zbekiston Ishbilarmonlari Uchun Iftorlik Dasturi Uyushtirdi.

Mustaqil Sanoatchi va Ishbilarmonlar Uyushmasi (MÜSİAD) O‘zbekiston sho'basi poytaxt Toshkentda turk va o‘zbek ishbilarmonlari uchun iftorlik dasturi uyushtirdi. MÜSİAD O‘zbekiston bo‘limi prezidenti Serdar Kelebek mezbonlik qilgan va Koç Constructıon homiyligida uyushtirilgan iftorlikda Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar, MÜSİAD raisi o‘rinbosari Davut Altunbosh, ishbilarmon Jahongir Ortiqxo‘jayev, Koç Constructıon raisi Yusuf Sarıkoç, DEİK O‘zbekiston prezidenti O‘zg‘u Vitse-prezident Erjan Bulut, Toshkent hokimligi vakillari, O‘zbekiston turk diasporasi vakillari, Toshkentdagi turk muassasalari rahbarlari, MÜSİAD a’zolari, mamlakatda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan turk va o‘zbekistonlik ishbilarmonlar hamda ko‘plab mehmonlar ishtirok etdi. Elchi Olgan Bekar, 14 mingdan ortiq aʼzosi boʻlgan MÜSİADning Oʻzbekistonda kuchli vakilligi boʻlishi ahamiyatli ekanligini taʼkidlab, qisqa vaqt ichida ikki davlat oʻrtasidagi savdo-sotiqni jadallashtirish uchun qadamlar tashlanganini maʼlum qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdogʻanning turkiyalik ishbilarmonlar ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va sheriklik elchilari ekanini doimiy ravishda taʼkidlashini eslab o'tgan Bekar, turk ishbilarmonlari tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat faxrlanish uchun bir sabab ekani, balki ikki tomonlama tijoratni oldinga siljituvchi kuch ekanligini aytib o'tdi. MÜSİAD raisi o’rinbosari Davut Altunbaş esa MÜSİAD 14 mingdan ortiq a’zoga ega, 60 ming shirkatni o’z ichiga olib, ulardan 84 tasi mamlakatda va 97 tasi xorijda jami 181 nuqtada faoliyat yuritib, Turkiyada 2,7 million kishini ish bilan ta’minlashini hamda Turkiya va dunyodagi eng yirik savdo tashkilotlaridan biri ekanligini ta'kidladi. O‘zbekiston MÜSİAD sho'basi rahbari Serdar Kelebek o‘zbek va turk xalqlarining birligini qaror toptirishda eng katta hissa ikki davlat prezidentlari tomonidan bo‘lganiga urg'u berdi.