Biz haqimizda

Korxonaning 50 yilga yaqin ish tajribasini kelajakka qaratilgan sarmoyalar bilan birlashtirgan va yuqori malakali yetakchi xodimlari bilan yanada yaxshilangan SARIKOÇ HOLDING’ning poydevori — 1969-yili KOÇ ELEKTRİK KOLLEKTİF ŞİRKETİ nomi bilan Istanbulda qo‘yilgan. 2018-yildan boshlab turli sohalarga oid kuchlarini bir joyga to‘plab SARIKOÇ HOLDING tomi ostida birlashgan SARIKOÇ GRUP firmalari: kelajakka qaratilgan rejalari, samarali boshqaruv tizimlari va texnologik rivojlanish suratlarini muvoffaqiyatli ravishda o‘zlashtirib, milliy va xalqaro darajada yuqori malaka va g‘ayrat bilan o‘z yo‘lini davom ettirmoqda.

 

Bugungi kunning raqobatdosh muhitida siz mijozlarimiz uchun eng so‘ngi muhandislik texnologiyalari va uslublari hamda yillar davomida erishgan bilim, ko‘nikma va tajribalarimizni birlashtirgan holda, asosiy diqqatimizni mijozlarga qarata ishlash g‘oyamiz bilan mushtarak, moslashuvchan boshqaruv yondashuvimiz, tasdiqlangan boshqaruv tartib-qoidalari va yuqori sifat ko‘rsatkichlar asosida hosil bo‘lgan mukammal tajribamiz bilan har qanday umidlaringizni qondirish va kundan-kunga o‘sib borishni maqsad qilganmiz.

 

Sohamizdagi qiymat yaratuvchi oldingi o‘rindagi kompaniyalardan biri bo'lgan Sarıkoç Holding sifatida; Tabiiy resurslardan unumli foydalanish, atrof-muhitni hurmat qilish va muhofaza qilish o‘z burchimiz, bu qadriyatlarni kelajak avlodlarga o‘rgatish, sohaviy faoliyat natijasida yuzaga keladigan atrof-muhitga ta’sirlarni aniqlash va ularni eng mos tarzda nazorat qilish, milliy va xalqaro qonunlar, me’yoriy hujjatlarga rioya qilgan holda, jamiyat rivoji, uning modernizatsiyasini asos sifatida olib, o‘z loyihalarimizni mehnat xavfsizligi, atrof-muhit himoyasi va sifat siyosatlariga tayangan holda amalga oshiramiz.

 

Dunyo kun sayin o‘zgarib bormoqda, biz ertangi kunga tayyor turish uchun har kuni avvalgi kundan ko‘ra ko‘proq ishlab, jasoratimiz, bilimimiz va yillar davomida to‘plangan tajribamiz bilan oldinga intilishni o‘zimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Barcha Sarıkoç Guruh Holding kompaniyalarida qilingan har bir qadam va har bir qaror bilan biz nafaqat ushbu o'zgarishni davom ettirishni, balki o'zgarishlarni ham boshlashni maqsad qilganmiz. Dunyoning 3 qit’asi va 10 davlatida yarim asrlik tajribamiz; Xalqaro raqobatda yetakchi korxona bo‘lish yo‘lida olg‘a qadam bosmoqdamiz.

8300 Ishchi
200 Tamomlagan loyiha
17 Davom etayotgan loyiha
5 Sarmoya kiritilgan loyiha
55 Yillik tajriba
15 Yillik Osiyo hududidagi tajriba
16 Million kvadrat metrlik Ish tajribasi
ISHONCH

Faoliya sohalariga ko'ra loyihalarimiz

Xabarlar